Yulduz Usmonova - O'zbekiston текст песни

Все тексты песен Yulduz Usmonova

O`ZBEKISTON

Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni,
Oq yuvib, oq taragansan o`zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,
Kunimizga yaragansan o`zing bizni.
Fidoying bo`lganmiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Qalqoningmiz, qasd qilsa kim gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga.
Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib,
Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga.
Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.

Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi,
Ko`zlariga ikki dunyo tor bo`ladi.
Tinch kuningni ko`rolmagan yurtfurushlar
Bir kun bir kaft tuprog`ingga zor bo`ladi.
Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

ДОБАВИТЬ ТЕКСТ В ЛИЧНЫЙ СПИСОК

Комментарии

Имя:
Сообщение:

Слушать песню «O'zbekiston»

Смотреть клип «O'zbekiston»

Смотреть клип на песню Yulduz Usmonova - O'zbekiston